Zebest hisobingizni va unga bog'liq ma'lumotlarni o'chirishni shu sahifadan so'rashingiz mumkin. Bu «Zebest» Android ilovasidagi hisobga ham, saytdagi hisobga ham tegishli — ular bitta hisob.
Qanday so'raladi
Quyidagi formani yuboring. Restoran xodimi bo'lsangiz, restoran rahbari hisobingizni darhol yopib qo'yishi ham mumkin (Xodimlar → xodim → «Faolsizlantirish»). Bunda tizimga kira olmaysiz, ma'lumotlaringiz esa forma orqali so'ralganda o'chiriladi. Butun restoranni o'chirishni faqat rahbar so'raydi.
Nima o'chiriladi
- Xodim: ism, telefon, PIN, profil rasmi, davomatdagi rasmlar va joylashuvlar, kirilgan qurilmalar va bildirishnoma kalitlari.
- Restoran (rahbar so'rovi bilan): restoranning barcha ma'lumotlari — menyu, filiallar, xodimlar, mijozlar, buyurtmalar, rasmlar.
- Mijoz: ism, telefon, manzillar va Telegram identifikatori.
Nima saqlanib qoladi
Buyurtma, kassa va ish haqi yozuvlari restoran buxgalteriyasi uchun qonunda belgilangan muddatgacha saqlanishi mumkin. Bunday yozuvlarda ismingiz va telefoningiz ko'rsatilmaydi. Zaxira nusxalardan ma'lumot 30 kun ichida o'z-o'zidan tushib ketadi.
Muddat
So'rovingizni 3 ish kuni ichida ko'rib chiqib, siz bilan bog'lanamiz va shaxsingizni tasdiqlaymiz. O'chirish 30 kun ichida yakunlanadi.